2026 yildan boshlab atrof-muhitni asrash, ekologik madaniyatni oshirish va «yashil» g‘oyalarni amalda qo‘llab-quvvatlash uchun endilikda har yili 10 mlrd so‘mgacha mablag‘ ajratiladi.
Hukumat qarori bilan Yoshlar ishlari agentligi huzurida «Yashil tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi» tashkil etildi.
Jamg‘arma tomonidan quyidagi tashabbuslar moliyalashtiradi:
- tabiatga mehr va ekologik madaniyatni oshiruvchi loyihalar;
- chiqindilarni qayta ishlash, yashil energiya va ekologik toza texnologiyalarni rivojlantirish;
- daraxt ekish va parvarishlash tashabbuslari;
- iqlim o‘zgarishi va ekologik barqarorlik bo‘yicha yoshlar g‘oyalari;
- eko mavzudagi video, animatsiya va media loyihalar;
- energiya tejamkorligi bo‘yicha tanlovlar va aksiyalar;
- o‘rmonlarni tiklash, ekologik turizmni rivojlantirish tashabbuslari;
- eko-chellenjlar va energiya sarfini kamaytiruvchi mobil ilovalar yaratish.











