O‘zbekistoning Koreya Respublikasidagi elchixonasi konsullik xizmatlarini ko‘rsatishda yetakchi o‘rinlarda bo‘lib kelmoqda.

Xususan, FHDYoni (Fuqarolik holati dalolatnomasi yozuvlari) qayd etish va rasmiylashtirish soni bo‘yicha xorijdagi elchixonalar o‘rtasida birinchi o‘rinda qolmoqda.

Elchixona konsullik bo‘limi tomonidan joriy yilning 10 oktyabr kuni ham O‘zbekiston fuqarolari o‘rtasidagi nikoh rasmiylashtirildi.

Mazkur nikoh elchixonada 2025 yil davomida rasmiylashtirilgan 100-nikoh bo‘ldi.