O‘zbekiston milliy jamoasi noyabr oyida Dubayda xalqaro turnirda ishtirok etadi.
Mini-turnirda O‘zbekistondan tashqari Misr, Eron va Kabo-Verde milliy jamoalari qatnashadi.
Qur’a natijalariga ko‘ra, Fabio Kannavaro boshchiligidagi O‘zbekiston milliy jamoasi dastlab yarimfinalda Misr bilan bellashadi.
Bu o‘yin g‘olibi finalda Eron va Kabo-Verde juftligi g‘olibiga qarshi maydonga tushadi.
Yarimfinal o‘yinlari 14 noyabrda, 3-o‘rin uchun bahs hamda final esa 17 noyabrda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Dubaydagi turnirda qatnashadigan Misr va Eron ham xuddi O‘zbekiston kabi JCh yo‘llanmasiga ega bo‘lishgan. Kabo-Verde esa 13 oktyabr kuni mundial chiptasiga ega bo‘lishi kutilmoqda.











