Dewesoft ta’kidlaganidek, an’anaviy elektr energiyasi manbalari butun dunyoda keng qo‘llanishda davom etmoqda. Masalan, Rossiya, AQSh, Italiya, Isroil, Yaponiya, Buyuk Britaniya kabi mamlakatlarda gaz asosiy energiya manbai hisoblanadi.

Ko‘mir Xitoy, Janubiy Koreya, Mo‘g‘uliston, Chexiya va Avstraliyada mashhur. Neft Estoniya, Hongkong, Niger, Suriya va Puerto-Riko uchun elektr energiyasining asosiy manbai hisoblanadi. Fransiya va Finlandiya kabi ba’zi davlatlar birinchi navbatda atom energiyasiga tayanadi.

Ba’zi mamlakatlar asta-sekin qayta tiklanadigan energiya manbalariga o‘tmoqda. Gidroenergetika eng ko‘p qo‘llanadigan qayta tiklanadigan energiya manbalaridan biridir. Norvegiya, Shveytsariya, Ruminiya, Tojikiston, Shimoliy Koreya kabi mamlakatlarda unga ham talab mavjud.

Shamol energetikasi yana bir ommabop qayta tiklanadigan energiya manbasidir. U Daniya, Germaniya va Lyuksemburgda faol ravishda qo‘llanadi.

Yashil energetika manbalari, jumladan, quyosh energiyasi, butun dunyoda asta-sekin mashhurlikka erishmoqda. Boshqa resurslarga biomassa (yog‘och, biogaz, etanol va biodizel kabi organik materiallar) va geotermal energiya kiradi. Ular rivojlanayotgan mamlakatlarda ham, an’anaviy qazib olinadigan yonilg‘idan uglerod gazi tashlamalari oldini olishga intilayotgan mamlakatlarda ham qo‘llanadi.