O‘zbekistonda zamonaviy mehmonxonalar, restoranlar, biznes markazlari hamda tibbiyot muassasalarini qurish va qayta tiklanuvchi energiya sohasidagi loyihalarda ishtirok etish, shuningdek, Kuvayt investitsiyalarini jalb qilish imkoniyatlari xususida fikr almashildi.
Abdulla Hamad at-Tarkit O‘zbekiston prezidentining joriy yil 17-18 fevral kunlari Kuvaytga amalga oshirgan tashrifi davomida erishilgan kelishuvlar ikki tomonlama aloqalarni barcha yo‘nalishlarda yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qilayotganini ta’kidladi. U, shuningdek, muhokama qilingan yo‘nalishlarda O‘zbekistonda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun Kuvayt investitsiyalarini jalb qilishga ko‘maklashishga tayyorligini bildirdi.
Tomonlar joriy yilning 16-18 dekabr kunlari Al-Kuvayt shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan hukumatlararo qo‘shma komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi doirasida O‘zbekiston va Kuvayt investitsiya kompaniyalari ishtirokida qo‘shma tadbir o‘tkazishga kelishib oldi.










