Chendu shahrida joylashgan Xitoy Elektron fanlar va texnologiyalar universiteti matematika va informatika bo‘yicha CWs Leiden Ranking reytingida birinchi o‘rinni egalladi. Shu bilan birga, Xitoyda bo‘lmagan yettita muassasa eng yaxshi 50 talikka kirdi.

Xitoy universitetlari fizika va muhandislik sohalarida ham ustunlik qilyapti. Yigirma to‘rtta Xitoy instituti top-25 ga kirdi. Tokio universiteti (Yaponiya) 24-o‘rinni egalladi. Xitoyda bo‘lmagan oltita oliy o‘quv yurti eng yaxshi 50 ta universitet qatoriga kirdi.

Ilm-fanning barcha sohalari, jumladan, tibbiyot, gumanitar va yer haqidagi fanlarni hisobga olgan holda, Xitoyning 16 universiteti top-25 ga kirdi. Chjetszyan universiteti birinchi o‘rinni egalladi.

CWs Leiden Ranking reytingi Leyden universiteti (Niderlandiya) Fan va texnologiya tadqiqotlari markazi tomonidan nashr etilgan. Reyting turli ko‘rsatkichlarni, jumladan, ilmiy ta’sirni tahlil qiladi. Bunda olimlar nashrlarining sifati va miqdori, shuningdek, ulardan iqtibos keltirish darajasi hisobga olinadi. Bu sohada Xitoy ustunlik qiladi. Reyting 2024 yilda tuzilgan va 2019 yildan 2022 yilgacha bo‘lgan davrni hisobga olgan.