Yanvardan sentabr oyining oxirigacha botnet-hujumlardagi zararli trafikning 39 foizi faqat Rossiyadan kelgan bo‘lib, bu Rossiyadagi nishonlarga hujumlar uchun mahalliy serverlardan foydalanishni ko‘rsatadi. Bu haqda 2 oktyabr, payshanba kuni Servicepipe kiberxavfsizlik kompaniyasiga tayanib, «Vedomosti» gazetasi xabar berdi.

2024 yilning shu davridagi tegishli ko‘rsatkich atigi 5 foizni tashkil etgan.

DDoS-hujumlar geografiyasining o‘zgarishi tendensiyasini "Spikatel" axborot xavfsizligi monitoringi bo‘limi yetakchi tahlilchisi Aleksey Kozlov tasdiqladi. Uning hisob-kitoblariga ko‘ra, bunday tarmoqlarning taxminan 30 foizi Rossiyadan ishlaydi.

Botnet — zararli dasturlar bilan zararlangan kompyuterlar yoki boshqa qurilmalar tarmog‘i.

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida Servicepipe 410 ming hujumni qayd etgan. 2024 yilning xuddi shu davrida 305 mingta hujum kuzatilgandi.