«Tegishli idoralar endi tartibli shatdaun rejalarini amalga oshirishi kerak», deyiladi eslatmada. Vout federal agentliklarni voqealarni kuzatishga chaqirdi va OMB keyingi qadamlar bo‘yicha tavsiya berishda davom etishini qo‘shimcha qildi. «Demokratlar o‘zlarining chidab bo‘lmas pozitsiyalarini qancha vaqt saqlab qolishi noma’lum, bu shatdaun muddatini oldindan aytishni qiyinlashtiradi», deb yozdi u.
Avvalroq AQSh Senati federal hukumat ishi to‘xtashining oldini olishga qaratilgan ikkita qonun loyihasidan birini ham qabul qila olmagandi. Shatdaun 30 sentabrdan 1 oktyabrga o‘tar kechasi mahalliy vaqt bilan yarim tunda (Toshkent vaqti bilan chorshanba kuni 9:00 da) boshlanishi rejalashtirilgan.
Respublikachilar va Demokratik partiya taklif etgan hujjatlar qonun loyihalari talab qiladigan 60 ovozni to‘play olmadi, garchi respublikachilar qonun loyihasi AQSh Vakillar palatasi tomonidan ma’qullangan. Kelishmovchiliklarning asosiy manbai sog‘liqni saqlash xarajatlari bo‘lib turibdi.











