Dukes Education rahbari tashkilot faoliyati, jumladan kompaniya huzuridagi maktablar va ta’lim muassasalari imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berdi.

Muloqot yakunida kompaniya va mutasaddi idoralar, qolaversa xususiy maktablar bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.

Dukes Education 2015 yilda Britaniyada tashkil etilgan bo‘lib, u mamlakatdagi eng nufuzli xususiy ta’lim tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Tashkilot maktablar, kollejlar, bog‘chalar va ta’lim markazlarini qamrab oladi. Xususan, uning tarkibida 30 dan ortiq ta’lim muassasalari mavjud. 

Kompaniyaning Buyuk Britaniya, Shveytsariya, Irlandiya, Ispaniya hamda Portugaliyada maktablari mavjud.