Birlashgan Millatlar Tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, Monakoda o‘rtacha umr ko‘rish eng yuqori - 86,5 yil, undan keyingi o‘rinlarda San-Marino (85,8) va Hongkong (85,6) turibdi.

Nigeriyada o‘rtacha umr ko‘rish eng past darajada qayd etildi – 54,6 yosh, Chad (55,2) va Markaziy Afrika Respublikasida (57,7) shunga o‘xshash ko‘rsatkichlar mavjud.

Rossiya 73,3 yil umr ko‘rish bilan 102-o‘rinni egallab, AQSh (79,5) va Xitoy (78) kabi davlatlardan ortda qoldi.