Forumning yakuniy qismida Markaziy bank raisi T. Ishmetov, TDIU rektori T. Teshaboyev, shuningdek, bank-moliya va ta’lim sohasi vakillari ishtirok etdilar.

Ushbu forum doirasida ANORBANK va Farengeyt Press nashriyoti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Qo‘shma loyiha Usborne nashriyotining, «Boshlang‘ich darslar" turkumiga kiruvchi «Pul: boshlang‘ich saboqlar» kitobini o‘zbek tiliga tarjima qilishdan iborat bo‘ldi. Ushbu nashr yoshlarga pul va moliya haqidagi asosiy bilimlarni sodda va tushunarli tilda o‘zlashtirishga yordam beradi.
Moliyaviy savodxonlik mamlakatning barqaror rivojlanishi uchun asos hisoblanadi. Shu bois ANORBANK ma’rifat va ta’lim tashabbuslariga sarmoya kiritishni davom ettirmoqda.
Reklama huquqi asosida










