2026 yil 1 dekabrgacha quyidagi imkoniyatlarga ega “Raqamli hukumat” tizimining OASIS yagona raqamli platformasi ishlab chiqiladi:

🔹 davlat axborot tizimlarini yaratish va rivojlantirishda yagona texnologik yondashuvni ta’minlash;
🔹 modullarga asoslangan texnologiyalar yordamida axborot tizimlarini yaratish jarayonlarini maqbullashtirish;
🔹 davlat axborot tizimlarining moslashuvchanligi, xavfsizligi va samaradorligini oshirish.

2025 yil 1 noyabrdan:

🔸  “Raqamli startaplar” dasturi va (yoki) Markaziy bankning “tartibga solish qumdoni”da ishtirok etuvchi startap loyihalarga Raqamli ma’lumotlar platformasidan 1 yilgacha bepul foydalanish imkoniyati beriladi.
🔸 O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari orqali jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini olgan IT-park rezidentlarining xorijiy mutaxassislari uchun masofadan bank hisobvaraqlari hamda virtual bank kartalari ochishga ruxsat beriladi.