Umidjon Jalolov jahon chempionatining bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Erkin kurash bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Zagreb shahrida (Xorvatiya) tashkil etilayotgan dunyo birinchiligida ikkinchi medaliga sazovor bo‘ldi.
Kecha bahs olib borgan sportchilardan Umidjon Jalolov (-65 kg) bronza medaliga ega chiqdi.
U uchinchi o‘rin uchun kechgan bahsda neytral maqomda kurashgan rossiyalik Ibragim Ibragimovdan ustun keldi.











