O‘zbekistonlik Magomed Ibragimov (-97 kg) litsenziya uchun kechgan bellashuvda Xitoy vakili Avusayman Xabilaga yutqazib qo‘ygach, faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi. 

39 yoshli Ibragimov faoliyati davomida ikki bor Osiyo chempioni bo‘lgan. Shuningdek, u Rio Olimpiadasida, Osiyo o‘yinlari va Islom birdamligi o‘yinlarida bronza medaliga sazovor bo‘lgan.

Ibragimovning ketishi ikki karra Olimpiya chempioni, 5 martadan jahon va Yevropa chempioni bo‘lgan Abdulrashid Sa’dullayevni ham befarq qoldirmadi. «Motivatsiya va yorqin kurash uchun rahmat, afsona» deb yozib qoldirdi rossiyalik kurashchi.