16 sentabr, seshanba kuni Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (AEXA) Rossiya tomonidan bosib olingan Zaporijjya atom elektr stansiyasi (ZAES) yaqinidagi otishma haqida xabar berdi. Agentlik bayonotida aytilishicha, AEXA kuzatuvchilari otishmadan keyin «yaqin atrofdagi uchta joydan qora tutun ko‘tarilganini» ko‘rgan.
AEXAga Rossiya tomonidan tayinlangan zavod rahbariyati tomonidan bir nechta artilleriya snaryadlari «Zaporijjya AES perimetri tashqarisidagi dizel yonilg‘isi omboridan taxminan 400 metr uzoqlikdagi hududga tushgani» haqida ma’lum qilindi», — deyiladi press-relizda. Hozircha na Rossiya, na Ukraina BMT agentligi bayonotlariga munosabat bildirmadi.
«Talafotlar va jihozlarga zarar yetkazilgani haqida ma’lumot berilmagan bo‘lsa-da, bu hodisa yana bir bor yadroviy xavfsizlikka davom etayotgan tahdidni ta’kidlaydi», — dedi AEXA bosh direktori Rafael Grossi. U yana bir bor atom elektr stansiyalari yaqinida «kech bo‘lmasdan oldin» «maksimal vazminlikka» chaqirdi. «Bir paytlar deyarli tasavvur qilib bo‘lmaydigan narsa — yirik yadroviy obektlar yaqinida otishma yoki boshqa harbiy harakatlar bu dahshatli urush paytida odatiy holga aylandi», deb qo‘shimcha qildi Grossi.











