Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berishicha, o‘tgan davrda:

  • 5 ballgacha jarima to‘plaganlar — 4 nafar;
  • 4 ballgacha — 14 nafar;
  • 3 ballgacha — 129 nafar;
  • 2 ballgacha — 4976 nafar;
  • 1 ballgacha — 63 974 nafar haydovchini tashkil etgan.

9 million 325 mingdan ortiq haydovchi umuman jarima balli olmagan.

Uch oy ichida qoidabuzarliklar va yo‘l-transport hodisalari sezilarli darajada kamaygan. Xususan, iyun-avgustda 167 mingta qoidabuzarlik aniqlangan bo‘lib, bu 2024 yilning shu davriga nisbatan (285 mingta) 58 foizga kam. Bu davrda haydovchi aybi bilan sodir etilgan yo‘l-transport hodisalari soni 2024 yildagi 531 tadan joriy yilda 338 tagacha — 36 foizga qisqardi.