Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, muzokaralar konstruktiv ruhda kechib, tomonlar hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha navbatdagi choralarni belgilab oldi.
O‘zbekistonning maxsus iqtisodiy zonalarida samaradorlikni oshirish dasturini ishlab chiqish, bunda "yagona oyna" mexanizmi, unifikatsiyalangan boshqaruv standartlari, CRM platformasi va zamonaviy infratuzilmani joriy etish, shuningdek, strategik investitsiyalarni jalb etishga yo‘naltirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Singapur modeli asosida pilot maxsus iqtisodiy zonani tashkil etish tashabbusi muhokama qilindi. Buning uchun qo‘shma ekspertlar guruhi shakllantiriladi.
Yana bir muhim kelishuvlardan biri – Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanida 1800 ish o‘rni yaratish imkonini beruvchi agrosanoat loyihasini amalga oshirish bo‘yicha choralar belgilandi.











