O‘zbekiston Oliy sudi raisining birinchi o‘rinbosari – Sudlov hay’ati raisi Ikrom To‘xtamurodovich Muslimov lavozimidan ozod etildi.
Senatning 5 sentabr kungi qarori bilan, ushbu lavozimga Alisher Otaxonovich Usmonov 5 yil muddatga saylandi. U bungacha Namangan viloyati sudining raisi sifatida ishlab kelayotgandi.
Shuningdek, Senat qarori bilan, Nodira Jalolovna Hakimova Oliy sud sudyasi lavozimidan ozod etildi. U iyul oyida Prezident administratsiyasi rahbarining sud tizimini isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlangan, avgust oyida esa davlat rahbariga sud tizimidagi o‘zgarishlarni taqdimot qilgandi.











