Muxolifatchi siyosatchi Boris Nemsovning o‘ldirilishi bo‘yicha jinoiy ishda ishtirok etgan Artur Geremeyev familiyasini o‘zgartirib, yangi pasport bilan yashamoqda. Endi bu odamning ismi Artur Ulubayev, yangi hujjat unga Checheniston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan berilgan, deyiladi «Tochka» loyihasining 4 sentabr, payshanba kuni chop etilgan surishtiruvida.
Rossiya Federatsiyasi Federal soliq xizmati veb-saytidagi soliq to‘lovchining identifikatsiya raqamini (INN) tekshirish shakli shuni ko‘rsatadiki, Uluboyev va Geremeyev bir xil INNga ega, deb yozadi "Tochka". Bundan tashqari, loyihaga ko‘ra, Geremeyev o‘zining yangi nomi bilan tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. Misol uchun, 2024 yil may oyida u Helix klinikasida gepatitga tekshirildi.
Rossiya Federatsiyasi Federal xavfsizlik xizmati (FSB) chegara xizmatidan sizdirilgan ma’lumotga ko‘ra, Ulubayev Ukrainaning bosib olingan hududlariga safar qilmoqda. 2023 yilning 8 iyulida Rossiya poytaxti yo‘llarida kameralar tomonidan qayd etiladigan Hummer rusumli «B 881 PO» raqamiga ega avtomashinani haydab, Ulubayev Mariupolga yo‘lda "Veselo-Voznesenka" nazorat-o‘tkazish punktidan o‘tgan, deb yozadi «Tochka».











