Mazkur insonparvarlik ko‘magi O‘zbekistonda 30 iyuldan 30 avgustgacha e’lon qilingan "Vatanga qaytarish" xayriya aksiyasi doirasida amalga oshirildi.
Diplomatlar G.R. va uning ikki nafar voyaga yetmagan farzandini Olmaota-Toshkent yo‘nalishidagi aviaqatnovi bilan vatanga yetib olishini ta’minladi.
Vatandoshlar O‘zbekistonga qaytgandan so‘ng Toshkent viloyati hokimligi hamda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi viloyat bo‘limi vakillari tomonidan Toshkent xalqaro aeroportida kutib olindi. Shuningdek, ularga psixologik, moddiy va boshqa masalalarda zarur yordam ko‘rsatilyapti.











