Nemis avtomobil ishlab chiqaruvchilari sanoatdagi vaziyatga tejamkorlik choralari bilan javob berishga majbur. Germaniya avtosanoatiga nemis ishlab chiqaruvchilari uchun asosiy eksport bozori bo‘lgan Xitoydagi elektromobillar bumi ta’sir ko‘rsatdi. Nemis kompaniyalarining aksariyati Xitoy kompaniyalari bilan raqobatlashishga tayyor emas, deya Reuters tadqiqot natijalaridan iqtibos keltiradi.

Bundan tashqari, Germaniya avtosanoatining ahvoliga energiya narxining oshishi, shuningdek, AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati tomonidan joriy etilgan Yevropa Ittifoqidan AQShga mahsulotlar importiga tariflar ham ta’sir ko‘rsatgan, deyiladi EY tadqiqotida. Shu bilan birga, Yevropa bozoridagi talab 2019 yil darajasidan pastligicha qolmoqda.