Hujjatga ko‘ra:

  • O‘zbekiston hududiga olib kirilgan va yaroqsiz holga kelgan tovarlar ularni utilizatsiya qilishda, shuningdek "davlat foydasiga voz kechish" bojxona rejimida rasmiylashtirishda umidsiz qarz deb e’tirof etiladi;
  • tashqi savdo kontraktlari bo‘yicha umidsiz qarzdorlikni hisobdan chiqarish tartib-taomillari elektron shaklda amalga oshiriladi;
  • O‘zbekiston hududiga olib kirilgan va yaroqsiz holga kelgan tovarlarni utilizatsiya qilish to‘g‘risidagi xulosa "Yagona darcha" bojxona axborot tizimi orqali beriladi.

2026 yil 1 iyuldan boshlab tashqi savdo shartnomalari bo‘yicha umidsiz qarzdorlikni hisobdan chiqarish tartibi E-kontrakt tashqi savdo faoliyati axborot tizimi orqali elektron shaklda amalga oshiriladi.

Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimida umidsiz qarzlarni hisobdan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi nizomga tegishli o‘zgartirishlar kiritilmoqda.