Finlandiya poytaxtida Eagle S neft tankeri kapitani va uning ikki yordamchisi ustidan sud jarayoni boshlanmoqda. Ular Finlandiya ko‘rfazidagi beshta elektr va telekommunikatsiya kabeliga zarar yetkazganlikda ayblanmoqda.
Sankt-Peterburgdan jo‘nab ketgan kema langarini dengiz tubi bo‘ylab sudragan, natijada Finlandiya va Estoniyani bog‘lovchi Estlink 2 elektr kabeli 2024 yil dekabrida, shuningdek, to‘rtta internet kabeli uzilgan. Tergov yakuniga ko‘ra. Finlandiya xavfsizlik idoralari voqea sodir bo‘lganidan ko‘p o‘tmay tankerga mamlakat hududiy suvlariga kirishni buyurgan, so‘ngra uni kabellarni buzishga aloqadorlikda gumon qilib, qo‘lga olgan.
Yanvar oyida Rossiyaning «soya floti» kemalaridan biri hisoblangan tanker xatlovga olingan edi. Mart oyida Finlandiya xatlovga olishni bekor qilib, kemaga mamlakatni tark etishga ruxsat berdi. NATO davlatlari bir yil ichida uchinchi hodisaga aylangan voqeadan so‘ng Boltiq dengizidagi harbiy mavjudligini kuchaytirishga qaror qildi.











