Italiyada «Shimoliy oqim» gaz quvurini portlatishda gumonlanayotgan Ukraina fuqarosi qo‘lga olindi. 

Nemis OAVning xabar berishicha, Sergey K. chorshanba kuni Rimini tumanida ushlangan. 

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Sergey K. quvurlarga portlovchi qurilmalarni joylashtirgan ukrain maxsus bo‘linmasi harakatini muvofiqlashtirgan. G‘avvoslar qo‘poruvchilik ishida soxta hujjatlar orqali ijaraga olingan «Andromeda» parusli yaxtasidan foydalanishgan. 

Gumonlanuvchi sud qilish uchun Germaniyaga yuboriladi. 

2022 yil sentabrda «Shimoliy oqim»ning to‘rtta quvuridan uchtasi portlatib yuborilgandi.