Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi So‘x tumanida joylashgan «Tul» chegara nazorat-o‘tkazish punkti vaqtincha yopilganini e’lon qildi.
Qayd qilinishicha, ushbu chegara nazorat-o‘tkazish punkti orqali harakatlangan fuqarolar va transport vositalari haydovchilari endi «Lenburg» chegara nazorat-o‘tkazish punkti orqali o‘tishi mumkin.
«Lenburg» chegara nazorat-o‘tkazish punkti har kuni ertalab soat 6:00 dan kechki soat 22:00 ga qadar faoliyat olib boradi.
Ushbu chegara nazorat-o‘tkazish punkti faqat O‘zbekiston hamda Qirg‘iziston fuqarolari va transport vositalari harakati uchun mo‘ljallangan.











