Muloqot chog‘ida hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qilindi hamda axborot va kitob fondlari almashinuvi sohasida kelishuvga erishildi.
O‘zbek va ispan tillaridagi kitob fondlarini raqamlashtirish, qo‘shma seminarlar, mahorat darslari va boshqa ma’rifiy-madaniy tadbirlar tashkil etishda ko‘mak ko‘rsatish taklif etildi.
AECID Islom kutubxonasi va Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni imzolash tashabbusiga alohida e’tibor qaratildi.
O‘zbekiston elchixonasi nomidan kutubxonaga "Temur tuzuklari" va "Sharq xattotligi va miniatyura san’ati namunalari" kitoblari sovg‘a qilindi. O‘z navbatida, Luisa Mara kutubxonada saqlanayotgan O‘zbekiston tarixi va madaniy merosiga oid kitoblarni taqdim etdi.











