Kun.uzʼga bog‘langan o‘zbek yurtdoshimizga ko‘ra, voqea kecha, 7 avgust kuni Bolgariyaning Sozopol shahrida yuz bergan va yigitlar birgalikda cho‘milgani borishgan.

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

A post shared by Kun.uz (@kun.uz)

Mening o‘zim kecha ishda edim, do‘stlarim menga xabar berishdi. U 22 yoshda edi va yigit cho‘kayotgan qizlardan biriga yordam beraman deb harakat qilgan. Adashmasam, uning yonida do‘stlaridan tashqari ukrainalik qizlar bo‘lgan va ularning cho‘kayotganini ko‘rib, yordam berishga uringan. Biroq, kuchli to‘lqin uning o‘zini oqizib ketgan. Borib katta toshlarga urilgan bo‘lishi ham mumkin”, deydi Kun.uz’ga murojaat qilgan o‘zbekistonlik.

Videoda ko‘rinishicha, yigit toshlar orasiga tiqilib qolgan va u yerda to‘lqin juda ham kuchli. Atrofdagi o‘zbeklar politsiya va qutqaruv xizmatiga xabar berishgan. Bolgariya qutqaruv xizmati xodimlari oradan soatlar o‘tib, zo‘rg‘a yetib kelishgan va ayni paytda cho‘kib ketgan insonni suvdan chiqarib olishning iloji yo‘qligini bildirishmoqda.

911 qutqaruv xizmatiga telefon qildik, ular esa kecha kechqurun qidirish ishlari olib borish imkonsizligini bildirishdi. O‘zimiz va qirg‘iz birodarlarimiz bilan birga qidirdik, 9 soatdan ortiq do‘stimizni topa olmadik. Oxirida esa qoyatoshlar ostidan uning badani ko‘rindi. Lekin u yerda toshlar juda katta va qimirlab turibdi, to‘lqin juda kuchli. Biz eplolmayapmiz”, deydi Kun.uzʼga bog‘langan yigit.

Suv tinsagina u olib chiqilishi mumkin. Yosh o‘zbek talabalari davlatimiz rahbariyati va diplomatik korpuslardan yordam so‘ramoqda. Kun.uz bu haqida allaqachon Tashqi ishlar vazirligiga so‘rov yubordi. Bilasiz, ayni paytda Bolgariyada elchixona yo‘q, biroq bu davlat bilan aloqalar va bu davlatdagi o‘zbeklar bilan munosabatlarga bosh-qosh diplomatlar bor. Hozir ularga vaziyat xabar qilingan.