Toshkent shahri Yangihayot tumanida Lacetti, Isuzu yuk mashinasi va skuter ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deya xabar qildi poytaxt YHXB.
Hodisa 2 avgust kuni soat 19:10 larda Yangihayot tumani KHAY ko‘chasi yuz bergan.
YTH oqibatida skuter yo‘lovchisi – 2006 yilda tug‘ilgan M.S. olingan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odam o‘limiga sabab bo‘lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari boshlangan.










