Butunjahon odam savdosiga qarshi kurashish kuni arafasida O‘zbekiston Bosh konsulxonasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligining Novosibirsk shahridagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda fuqaro va uning voyaga yetmagan ikki farzandini vataniga qaytarish bo‘yicha tezkor amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirdi.

Oila Novosibirsk shahrida o‘ta og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgani sababli ularning zarur hujjatlari, jumladan bolalarga O‘zbekistonga qaytish guvohnomalari bepul rasmiylashtirildi hamda aviachipta sotib olindi.

Ular O‘zbekistonga kuzatib qo‘yildi.