Unga ko‘ra, 2025 yilning yanvar–iyun oylarida tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan 41 051 nafar xotin-qizga himoya orderi rasmiylashtirildi.
“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan 11 914 nafar ayolga kunduzgi ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatildi.
Shuningdek, 4 006 nafar xotin-qizga birlamchi ko‘mak xonalarida ijtimoiy yordam ko‘rsatildi.
Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlarida esa 512 nafar ayol hamda 709 nafar ularning farzandi joylashtirilib, ularga zarur ijtimoiy xizmatlar taqdim etildi.











