Aniqlanishicha, vagonlardan birida bo‘lgan qora rangli sumka ichida bojxona nazoratidan yashirilgan hamda og‘zaki so‘rov davomida bojxona xodimlariga ma’lum qilinmagan turli buyumlar borligi aniqlandi.
Jumladan, 1 dona qog‘oz qutiga joylashtirilgan sellofan paketchalar ichida har xil turdagi va kattalikdagi 174 dona tanga, 27 dona turli uzuk, 2 dona kamon o‘qlari uchlari (nakonechnik), 2 dona bilakuzuk, 86 dona zargarlik buyumlari hamda 26 dona maishiy buyum elementlari borligi ma’lum bo‘ldi.
Dastlabki taxminlarga ko‘ra, aniqlangan ushbu buyumlar tarixiy va madaniy ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin. Shu bois, holat yuzasidan hujjatlar belgilangan tartibda rasmiylashtirilib, buyumlar badiiy ekspertizaga topshirildi.
Ekspertiza xulosasiga asosan tegishli qonuniy baho beriladi.










