Yaxshi ayol erkakni o‘zgartirishi mumkinmi?
Psixologiyada shaxsning o‘zgarishi uchun ichki motivatsiya zarur. Amerikalik mashhur psixolog Karl Rojyers o‘z nazariyasida shunday degan:
“Shaxs faqat o‘zi o‘zgarishni xohlagandagina o‘zgaradi. Boshqalarning bosimi yoki ishonchi bilan emas”. Buni gumanistik psixologiya yo‘nalishi ham qo‘llab-quvvatlaydi.
Shuningdek, ijtimoiy psixologiyada “o‘zgartirish illyuziyasi” mavjud bo‘lib, bu — inson yaqinlari bilan munosabat qurganda, ularni o‘z xohishiga moslashtirib o‘zgartirish mumkin, degan ishonch noto‘g‘ri ekanini isbotlaydi. Psixolog Djon Gottman (Gottman Institute) tadqiqotlariga ko‘ra: “Toksik shaxs bilan munosabatda qolish, “uni men o‘zgartirib yuborishim mumkin” degan umid eng keng tarqalgan va xatarli psixologik xatolardan biri sanaladi”.
O‘zini “qutqaruvchi” deb his qiladigan ayollar
Boshqa insonni o‘zgartirish illyuziyasining klinik atamasi “Prometey sindromi” deb ataladi. Bu sindrom bir shaxs boshqasini “qutqarish” va o‘zgartirishga bo‘lgan ortiqcha harakati orqali o‘zini haqli va muhim his qilishga intilish holatidir. Bu esa har ikkala shaxs uchun ham xatarli bo‘lishi mumkin.
Bunday afsonaga ishongan ayollar ko‘pincha toksik munosabatda qolishadi, o‘z qadrini yo‘qotishadi va oqibatda ruhiy tushkunlik, depressiyaga yo‘liqishi va hatto zo‘ravonlikka yo‘l ochishi mumkin
Har qanday shaxs o‘zgartirilishi uchun u avvalo o‘z muammosini tan olishi, qabul qilishi va o‘zgarishni xohlashi kerak. “Men yaxshi bo‘lsam, u o‘zgaradi” degan qarash esa real emas.










