FVV ma’lum qilishicha, 23 iyul soat 15:52 da Surxondaryo viloyati, Sherobod tumani, Qizilolma mahallasi hududida joylashgan Surxon davlat qo‘riqxonasiga qarashli hududda taxminan 5 gektar maydonda quruq o‘t yonayotgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Ushbu xabarga asosan, yong‘in-qutqaruv ekipajlari qutqaruvchilari, tegishli tashkilotlar xodimlari voqea joyiga yetib borgan. Soat 00:35 da yong‘in to‘liq o‘chirilgan.