Jumladan:

🔸 respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga ajratilgan 1 320 ta davlat grantining taqsimoti yuzasidan;
🔸 davlat oliy ta’lim tashkilotlarida o‘qish istagini bildirgan, xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlar uchun 30 ta davlat grantining ta’lim yo‘nalishlari kesimidagi taqsimoti bo‘yicha;
🔸 Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi bilan birgalikda xotin-qizlar uchun ajratilgan 4 000 ta davlat grantining taqsimoti yuzasidan;
🔸 davlat buyurtmasining taqsimotida ishtirok etish istagini bildirgan hamda talabalar qabulini davlat oliy ta’lim tashkilotlari uchun belgilangan tartib va shartlarda amalga oshiruvchi nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari ro‘yxatini;
🔸 davlat buyurtmasining taqsimotida ishtirok etuvchi oliy ta’lim tashkilotlarining takliflariga asosan 2025-2026 o‘quv yili uchun oliy ta’lim tashkilotlari, ta’lim shakllari va ta’lim tillari kesimidagi umumiy qabul parametrlari bo‘yicha takliflarni.