O‘zenergoinspeksiya Andijon viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan nazorat tadbiri o‘tkazildi.

Unda, Shahrixon tumanida joylashgan «U.I.S.» MChJ tomonidan qurilgan 2 ta (7 qavatli) binoda gaz ta’minoti tashkiloti bilan shartnoma tuzmasdan, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelinayotgani aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, gaz ta’minoti korxonasiga 943,1 million so‘mlik zarar yetkazilgani ma’lum bo‘ldi.

Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.