«Biz hozir gumonlanuvchini birinchi so‘roq qilishdan oldin, unga huquqlarini tushuntirganimizda, shartnoma imzolashi mumkinligini ham aytamiz. Bu suhbat majburiydir», — dedi nashrga krasnodarlik politsiyachi ayol.
"Verstki" ma’lumotlariga ko‘ra, to‘lov miqdori har bir ushlangan shaxs uchun 10 ming rubldan 100 ming rublgacha. Sankt-Peterburg va Moskvada politsiyachi urushga yuborilgan gumondor uchun 50 ming rubl, Leningrad viloyatida 100 ming rubl oladi, dedi sobiq tergovchi.
Ushlangan shaxs urushga borishga rozi bo‘lsa, ish yurituvi to‘xtatiladi, ehtiyot chorasi bekor qilinadi va kelajakda jinoiy ta’qib qilish reabilitatsiyaga olib kelmaydigan holatlarga ko‘ra tugatiladi – bunday hollarda ishning adolatsiz ochilgani uchun davlatdan tovon undirishni talab qilish taqiqlanadi. Advokatlarning fikricha, agar rozi bo‘lgan shaxs urushdan mukofot bilan, jarohat olib qaytsa yoki umuman qaytmasa, sudlanganlik haqida ma’lumot bo‘lmaydi.
Urushga ketgan gumonlanuvchidan tovon talab qilish mumkin emas; fuqarolik da’volari faqat urush tugaganidan keyin va sudlanuvchi tirik bo‘lsagina ko‘rib chiqiladi, dedi federal sudya.











