Mazkur havo qatnovlarining yo‘lga qo‘yilishi O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi transport aloqalarini yanada kengaytirdi.

Yangi reysning ochilishi munosabati bilan Oqtov xalqaro aeroportida tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbir Bosh konsulxona va Mang‘istau viloyati hokimligi hamkorligida tashkil etildi.

Har hafta ikki marta amalga oshiriladigan muntazam parvozlar O‘zbekistonga sayyohlar oqimining oshishiga, o‘zaro tashriflar sonining ko‘payishiga, savdo-iqtisodiy aloqalarning mustahkamlanishiga xizmat qiladi.