Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko‘ra, haydovchi S.Ya. Lacetti rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketish oqibatida haydovchi L.V. boshqaruvida bo‘lgan Damas-2 rusumli avtomashinasi tilan to‘qnashib, yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
YTH natijasida Damas-2 transport vositasining haydovchisiga shifokorlar tomonidan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.










