Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (AEXA) dunyodagi eng yirik yadroviy avariyaga javob choralarini sinab ko‘rish uchun mo‘ljallangan 36 soatlik mashg‘ulotni yakunladi.
Agentlik bayonotida aytilishicha, bu 75 dan ortiq davlat va 10 xalqaro tashkilot ishtirok etgan dunyodagi eng yirik yadroviy favqulodda javob mashqlari (ConvEx-3) bo‘ldi. Mashg‘ulotlar Ruminiyadagi «Chernavoda» atom elektr stansiyasi bazasida bo‘lib o‘tdi.
36 soatlik imitatsion sinov mashqlarida yadroviy favqulodda vaziyat ssenariysiga javob berishning global mexanizmlari ishlab chiqildi. Unda ishtirokchi mamlakatlar va tashkilotlarga himoya choralarini muvofiqlashtirish imkonini bergan katta miqdordagi radioaktiv moddalarning chiqarilishi modellashtirildi, deyiladi bayonotda.
AEXA shuningdek, eng yaxshi amaliyotlar va takomillashtirish yo‘nalishlarini aniqlash uchun barcha ishtirokchilarning fikr-mulohazalarini ko‘rib chiqishini ma’lum qildi.











