Uchrashuvida ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish istiqbollari, shuningdek, uni yanada rivojlantirish yo‘nalishlari muhokama qilindi. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan qishloq xo‘jaligi texnikalarining yuqori sifati va raqobatbardoshligiga alohida e’tibor qaratildi.
Xorij tomoni qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, Misrda O‘zbekiston texnologiyalari asosida traktor ishlab chiqarishning to‘liq siklini tashkil etish, shuningdek, Afrika bozorlariga mazkur mahsulotlarning eksportini yo‘lga qo‘yish kabi yo‘nalishlarda hamkorlik qilishdan manfaatdor ekanligini bildirdi.
Hamkorlik aloqalarining amaliy bosqichlarini muhokama qilish maqsadida shu yilning iyul oyida AgroTex Klaster ishchi guruhining Misrga safarini tashkil qilishga kelishib olindi.











