Yo‘riqnoma blankalar tarzidagi hujjatli qimmatli qog‘ozlarni muomaladan chiqarish va ularni yo‘q qilish tartibini belgilaydi.
Hujjatli qimmatli qog‘ozlarni muomaladan chiqarish va ularni yo‘q qilish emitent tomonidan quyidagi holatlarda amalga oshiriladi:
🔹 hujjatli qimmatli qog‘ozlar emitenti tugatilganda;
🔹 emitentning nomi o‘zgarganda;
🔹 obligatsiyalar to‘liq so‘ndirilganda;
🔹 hujjatli qimmatli qog‘ozlarning chiqarilishi hujjatli shakldan hujjatsiz shaklga o‘tkazilganda.
Hujjatli qimmatli qog‘ozlar yo‘q qilish ko‘zda tutilgan sanadan 1 oy oldin emitent bu to‘g‘risida qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli organni xabardor qilishi shart.
Hujjatli qimmatli qog‘ozlar yoqib yuborish yoki ularni jismoniy maydalash yo‘li bilan yo‘q qilinadi.










