Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida yuk mashinasi velosiped haydab ketayotgan 9 yoshli bolani urib ketdi. 5 iyun kuni ro‘y bergan hodisa haqida viloyat IIB YHXB 11 iyun kuni xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, voqea soat taxminan 11:30 larda Baytish mahallasi hududidan o‘tgan D-022 “Nurafshon – Oqqo‘rg‘on – Yangiyo‘l” avtomobil yo‘lining 57-kilometrida ro‘y bergan.
Haydovchi K.T. (1995 y.t.) MAN TGS rusumli yuk avtomobilini boshqarib ketayotgan vaqtda o‘ziga nisbatan o‘ng tomondan chap tomonga harakatlanib o‘tayotgan velosipedchi Yu.E.ni (2016 y.t.) urib yuborib, YTH sodir etgan.
Bola turli ko‘rinishdagi tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgan.
Voqeadan 6 kun o‘tib berilgan rasmiy axborotdan bolaning hozirgi ahvoli haqidagi ma’lumot joy olmagan.
Yangiyo‘l tumani IIB tergov olib bormoqda.











