Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi 12-umumta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi yo‘l-transport hodisasi oqibatida halok bo‘ldi, deya xabar bermoqda IIV YHXX.
Qayd etilishicha, holat 6 iyun kuni soat 01:30 atrofida Bog‘ishamol mahallasi hududida sodir bo‘lgan. Damas haydovchisi chorrahadan chapga qayrilmoqchi bo‘lganida qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan 17 yoshli yigit boshqaruvidagi skuter bilan to‘qnashgan.
Oqibatda skuter haydovchisi son suyagi sinishi, bosh miya yopiq jarohatlari bilan Termiz shahar tez tibbiy yordam bo‘limida vafot etgan.
YTHdan so‘ng Damas avtomobili tegishli bo‘lgan korxonada tushuntirish ishlari olib borilgan.
Avvalroq Toshkentda mototsikl va skuter ishtirokida yuz bergan YTHda ikkala haydovchi ham vafot etgani to‘g‘risida xabar berilgandi.











