Tantanali marosimdan so‘ng bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida Yevropa komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayye joriy yil aprel oyida bo‘lib o‘tgan birinchi "Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi" sammiti yakunlarini yuksak baholadi.
Yevrokomissiya rahbari YeIning O‘zbekiston va Markaziy Osiyo davlatlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada chuqurlashtirish tarafdori ekanini tasdiqladi.











