Muloqot davomida davlat rahbarining «Prezident iqtidorli farzandlari» tashabbusini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni mazmun-mohiyati va yoshlar uchun yaratilgan yangi imkoniyatlar haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek, Buyuk Britaniyada ta’lim sohasida faoliyat yurituvchi hamkorlar bilan ikki tomonlama uchrashuvlar ham tashkil etildi.

Tadbir doirasida VSO (Volunteyers Services Overseas) tashkiloti bilan ikki tomonlama hamkorlik kelishuvi imzolandi.

Unga ko‘ra, tomonlar umumta’lim maktablariga xorijdan malakali mutaxassis va volontyorlar, xususan 500 nafardan ortiq britaniyalik o‘qituvchilarning jalb qilinishiga kelishib oldi.











