Birja xabar qilishicha, sotilgan avtoraqamlarning katta qismi — aniqrog‘i, 644 tasi (ya’ni 96 foizdan ortig‘i) jismoniy shaxslar tomonidan xarid qilindi. Qolgan raqamlar esa yuridik shaxslar tomonidan sotib olingan.
Savdo platformasida eng past narxda xarid qilingan avtoraqam qiymati 1 million 900 ming so‘mni tashkil etdi. Shuningdek, 20 may kuni eng yuqori narxda sotilgan “chiroyli” avtoraqam 722,3 million so‘mga baholandi.
Mazkur summa 2025 yil boshidan buyon qayd etilgan eng yuqori narx sifatida qayd etildi.











