Jumladan, uchta avtovokzal, to‘qqizta avtostansiyaga yangi nom berish taklif etilmoqda:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahridagi «Nukus Orqa Batis» avtovokzalini shaharning shimoliy qismida joylashganligi sababli «Shimoliy Nukus» deb qayta nomlash;
- Nukus shahridagi «Mega avto star» avtovokzaliga joylashgan joyi bo‘yicha «Jiydali-Boysun» nomini berish;
- Andijon shahridagi «G‘AVS» avtostansiyasini «Andijon» deb nomlash;
- Andijon viloyati, Shahrixon tumani markazida joylashgan «Mustaqillik» avtostansiyasini «Shahrixon» deb qayta nomlash;
- Qashqadaryo viloyatidagi «Muborak» avtostansiyasini mavze nomi bilan «Geolog» deb qayta nomlash;
- Navoiy shahri yaqinida joylashgan va viloyat ahamiyatiga ega bo‘lgan «Karmana» avtovokzalini «Navoiy» deb nomlash;
- Navoiy shahridagi ikkita «Navoiy» avtostansiyalarini «Malika» va «Sharq» — massivlar nomi bo‘yicha qayta nomlash;
- Navoiy viloyati, Xatirchi tumanidagi avtoshohbekatlarga «Chinor» nomini berish;
- Sirdaryo viloyati, Guliston shahridagi «Mustang» avtostansiyasini «Guliston» deb qayta nomlash;
- Termizning shimoliy qismidagi «Termiz» avtostansiyasini «Shimoliy Termiz» deb nomlash;
- Surxondaryo viloyatidagi «Denov» avtostansiyasini mavze nomi bilan «Chag‘oniyon» deb qayta nomlash.
«Geografik obektlarning nomlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 41-moddasiga muvofiq geografik obektlarga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish to‘g‘risida takliflar tayyorlash jarayonida mahalliy aholining fikri hisobga olinadi.










