Maslahatlashuvlar davomida O‘zbekiston yadroviy infratuzilmasini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari, jumladan, normativ-huquqiy baza, xavfsizlik, kadrlar tayyorlash va ekologik jihatlarini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
2026 yilda amalga oshiriladigan Yadro infratuzilmasini kompleks ko‘rib chiqish missiyasi, jamoatchilik muhokamasini o‘tkazish va kichik modulli reaktorlarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.
Xalqaro atom energiyasi agentligi vakillari O‘zbekistonning bu boradagi kompleks yondashuvini yuqori baholab, kelgusida texnik hamkorlikni davom ettirishga tayyorligini bildirdi.











