Eksklyuziv ko‘rsatuvda rossiyalik jamoa tomoshabinlarga ko‘pchilik bilavermaydigan jihatlarni: mahsulot yetkazib beruvchilar, taomlar qanday tayyorlanishi, ishlab chiqarishda ishlatiladigan texnologiyalar va kompaniyaning haqiqiy moliyaviy ko‘rsatkichlari qanday ekanini ochiqladi.

EVOS: raqamlar, faktlar, yetkazib beruvchilar

Bugungi kunda EVOS bu — butun O‘zbekiston bo‘ylab 75 ta filial, 3 000 dan ortiq xodim va har kuni xizmat ko‘rsatiladigan o‘n minglab mijozlar demakdir. Ilk bor tomoshabinlar kompaniyaning barcha asosiy yetkazib beruvchilarini ko‘rishdi va logistika, sifat nazorati hamda taom tayyorlash jarayoni qanday tashkil etilganini bilishdi. Videoda quyidagilar batafsil ko‘rsatilgan:

✅ Go‘sht, non va boshqa mahsulotlarni kim yetkazib beradi?

✅ Mahsulot sifati qanday tekshiriladi?

✅ Oshxonada qanday texnologiyalar qo‘llanadi?

✅ Tarmoq qancha daromad oladi?

EVOS xalqaro bozorlarga chiqmoqda

Kompaniya kengayishga tayyorlanmoqda: EVOS Markaziy Osiyo va boshqa mintaqalar bozoriga chiqishni rejalashtirmoqda. Hozirda xalqaro franshiza ochish imkoniyatlari ko‘rib chiqilmoqda, bu esa muvaffaqiyatli biznes modelini keng miqyosda amalga oshirishga yordam beradi.

Nega bu videoni ko‘rish kerak?

“Razborshchik” tashrifi — oddiy ekskursiya emas, balki butunlay biznes tahlil hisoblanadi. U tomoshabinga Markaziy Osiyodagi eng yirik tez ovqatlanish shoxobchasi tarmog‘i qanday ishlashini ko‘rish imkonini beradi. Bu — muvaffaqiyatli biznes ichiga nazar tashlash va uning o‘sishi ortida qanday jarayonlar turganini bilish uchun noyob imkoniyat.

Ko‘rsatuvni HAVOLA orqali tomosha qilish mumkin.