Sirdaryo viloyati Guliston shahrida tibbiyot klinikasi ko‘p miqdordagi elektr energiyasini talon-toroj qilgani aniqlandi.

Bosh prokuratura xabariga ko‘ra, S.J. MChJga qarashli klinikaning elektr hisoblagichiga tashqi ta’sir ko‘rsatilishi oqibatida 2,1 milliard so‘mlik zarar yetgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi «a» bandi (Juda ko‘p miqdorda o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Bosh prokuratura tadbirkorlardan energiya resurslaridan qonuniy tartibda va oqilona foydalanishni so‘radi va reyd tadbirlari davom etayotganidan ogohlantirdi.